O‘zFHM: "So‘g‘diyona" - "Qizilqum" uchrashuvida mehmonlar futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak edi"

  • 2 noyabr, 23:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 27-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Qizilqum" uchrashuvi jizzaxliklar foydasiga 3:0 hisobida o‘z nihoyasiga etdi. Mazkur bellashuvdagi gollarga Lyupcho Doriev va Ruben Xebay (dubl) mualliflik qilishdi.

Tecno

Ekspert hakamlar guruhi mazkur uchrashuvidagi bahsli epizod yuzasidan xulosa berdi!

"So‘g‘diyona” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 72-daqiqasida “Qizilqum” futbolchisi raqibga nisbatan qo‘pol tarzda harakat qildi. 

VAR aralashuvidan so‘ng bosh hakam epizodni qayta ko‘rib chiqib, noto‘g‘ri talqin qilgan holda qo‘pol harakatni amalga oshirgan futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Bu vaziyatga yaqin turgan yordamchi hakam bosh hakamga vaziyat yuzasidan aniq ma’lumot berishi zarur edi.

Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga ko‘ra, mazkur holatda bosh hakam “Qizilqum” futbolchisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatishi lozim edi, uning qarori noto‘g‘ri bo‘lgan"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!