O‘zbekistonlik uch nafar hakam VAR tizimi bo‘yicha seminarda ishtirok etadi

  • 11 aprel, 2019, 14:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Shu yilning 15-21 aprel kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida VAR tizimi bo‘yicha seminarning birninchi bosqichi o‘tkaziladi. Unda Osiyodagi hakamlar qatorida O‘zbekistondan ham uch nafar hakam - Valentin Kovalenko, Aziz Asimov va Ilgiz Tantashev ishtirok etishadi. Seminarni FIFA va IFAB mutaxassislari olib borishadi. Ular orasida hamyurtimiz Farhod Abdullaev ham bor. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, VAR tizimi bo‘yicha seminar 3 bosqichdan iborat bo‘lib, mazkur bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan hakamlarga maxsus sertifikat taqdim qilinadi va ular uchrashuvlarda VAR bo‘yicha hakam sifatida faoliyat olib borishlari mumkin bo‘ladi.
 
Hozirda o‘zbekistonlik ikki nafar hakam - Ravshan Ermatov va Jahongir Saidovda VAR tizimi bo‘yicha ish olib borish uchun sertifikat mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!