
O‘zbekistonlik "Toni" Face to Face marosimida ishtirok etdi.Ertaga jang!
Ertaga, Tailandning Bangkok shahrida professional muaytay kechasi tashkil etiladi. Fighter Muay Tay promousheni tomonidan tashkil etilayotgan ushbu jang kechasida hamyurtimiz Qobilbek To‘laboev ham jang qiladi.
-57 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladigan yurtdoshimizga tailandlik Kaevkla Kaevsamrit raqiblik qiladi. Mazkur jang g‘olibi Singapurning nufuzli One Championship promousheni bilan shartnoma imzolash mumkin bo‘ladi.
Bugun ushbu jang avvalida o‘ziga xos vazn o‘lchash marosimi hamda nigohlar to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, To‘laboev 5 yillik tanaffusdan so‘ng, yana katta sportga qaytgan edi.
Fikrlar