
O‘zbekistonlik MMA jangchisi XFN tashkiloti bilan shartnoma imzoladi!
O‘zbekistonlik Islombek Maxamajonov XFN promousheni bilan kelishuvga erishdi.
XFN (X Fight Nights) - Chexiya va Slovakiyaning aralash jang san’atlari ligasi. Tashkilot ushbu mamlakatlarda MMAni targ‘ib qiladi va jaxon darajasidagi yulduzlar ishtirokida turnirlar uyushtiradi.
⠀
Islombek uch marotaba universal jang bo‘yicha respublika chempioni unvonini olgan. Jangchi FXN doirasida oktagonga chiqgan. Avstraliyalik Gabriel Byuds bilan jangda u raqibini birinchi raundning ilk daqiqasida nokautga uchratdi. O‘zbekistonlik sportchining ikkinchi jangi 2020 yil 3 aprel kuni Praga shahrida bo‘lib o‘tadi, uning raqibi Mixail Jankuska (Michal Janucuska) bo‘ladi.
Fikrlar