
O‘zbekistonlik ikki yosh iste’dod egasi ONE FCda jang qiladi!
20 oktyabr kuni Tailandning Bangkok shahrida katta jang kechasi tashkil etiladi. Ya’ni, "ONE Lumpine 35" turniri tashkil etiladi. Ma’lumki, ushbu jang kechasida MMA hamda professional muaytay bo‘yicha janglar tashkil qilinadi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu kechada ikki yosh iste’dodli vakillarimiz jang qiladi. Jumladan, 59 kgda MMA jangchimiz Kamron Ortiqov Okeaniya mintaqasi vakili Oume Mvambiga qarshi jang qilsa, professional muaytaychimiz Aslam Ortiqov tailandlik Petxaninga qarshi bahs yuritadi.
Biz ushbu turnir va jangchilarimizning tayyorgarligi borasida ONE FCning O‘zbekistondagi rasmiy menejeri Ozod Pardaevning fikrlariga qiziqdik.
- ONE Lumpine ligasi Osiyodagi eng nufuzli turnirlar o‘tkazivchi tashkilot hisoblanadi. Ushbu turnirda o‘zini ko‘rsatgan jangchilar ONE Championship bilan shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qolaversa, moliyaviy jihatdan ham yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi. Navbatdagi turnirda yosh iste’dodli vakillarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi. Albatta, barcha sharoitlar yaxshi va ayni vaqtda Tailandda mashg‘ulotlar olib bormoqdamiz. Maqsadimiz, o‘zbekistonlik sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, nufuzli promoushenlarda o‘zlarini ko‘rsatishga imkoniyat yaratishdir. Yurtdoshlarimizga promoushen rahbarlarining ham ishonchi katta, qolaversa o‘zimiz ham ijobiy natijalar kutmoqdamiz. O‘ylaymanki, chiroyli g‘alabalar bilan barchani xursand qilamiz, degan umiddamiz.
Fikrlar