
O‘zbekistonlik hakamlar OChLda Odil Ahmedov to‘p surayotgan jamoa o‘yinini boshqarishadi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Shuningdek, bugun Osiyoning boshqa davlatlarida ham Chempionlar ligasidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Jumladan, Xitoyda hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p surayotgan "Shanxay SIPG" jamoasi Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyunday" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. E’tiborli tomoni, mazkur o‘yinni o‘zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam Aziz Asimovga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Husniddin Shodmonov yordam berishadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 15:00da Shanxay shahridagi "Shanghai Stadium" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
OChL, 6-tur
"Shanxay SIPG" - "Ulsan Xyunday"
Bosh hakam: Aziz Asimov (O‘zbekiston)
Yon hakamlar: R.Serazetdinov, H.Shodmonov (O‘zbekiston)
To‘rtinchi hakam: Sa’dullo Gulmurodiy (Tojikiston)
Fikrlar