
O‘zbekistonlik hakam xalqaro o‘yinda ishlaydi
Edita Mirobidova Myanma - Malayziya o‘yinida hakamlik qiladi.
Qit’amiz bo‘ylab kelasi yili mamlakatimizda o‘tadigan 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Osiyo kubogining final bosqichi uchun saralash bahslari o‘tkazilmoqda.
5-13-mart kunlari Kambodjada "G" guruhi vakillari Myanma, Malayziya hamda mezbonlar final bosqichi uchun kurashishmoqda.
Biz uchun muhimi, ushbu bahslarda FIFA hakamimiz Edita Mirobidova ham ishtirok etadi. Bugun Toshkent vaqti bilan 14:00 da boshlanadigan Myanma - Malayziya terma jamoalari o‘yinida Edita Mirobidova bosh hakam hakam sifatida ishlaydi.
Fikrlar