O‘zbekistonga rad javobini bergan Keyrush yana Osiyoga qaytdi

  • 7 sentabr, 2022, 20:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron milliy terma jamoasi portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.

Tecno

69 yoshli tajribali mutaxassis bunga qadar 2011-2019 yillar oralig‘ida "sahro shahzodalari" boshqaruvida faoliyat olib borgan. Uning qo‘l ostida forslar Braziliya (2014) hamda Rossiya (2018) mezbonlik qilgan mundiallarda ishtirok etgan.

Karlushdan oldin jamoani xorvatiyalik Dragan Skochich boshqarib kelayotgan edi. Dragan bilan eronliklar qit’amizda birinchi bo‘lib Jahon chempionati-2022da ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan. Biroq u iyul oyida iste’foga chiqarilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Keyrush Srechko Katanets bilan shartnoma imzolanishidan oldin O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyligi uchun ham asosiy nomzodlardan biri edi. Ammo portugaliyalik mutaxassis bilan muzokaralar ijobiy yakun topmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!