
O‘zbekiston yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati saralash o‘yinlarining "S" guruh baxslari Toshkentda o‘tayotganidan xabaringiz bor. Farruh Zokirov shogirdlari o‘z guruhida Avstraliya, Filippin, Quvayt va Turkmaniston termalariga qarshi kurash olib boryapti.
Terma jamoamiz 3-tur doirasida Quvaytga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur bahsda hamyurtalirimiz raqib darvozasiga javobsiz beshta gol kiritishdi. Gollarga Feruza Turdiboeva 1:0 (1), Zumratjon Nazarova 2:0 (11), Maftuna Shoyimovalar 3:0 (19), 4:0 (21), 5:0 (27) mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi turda jamoa Filippin bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagan edi.
Fikrlar