O‘zbekiston yana Qozog‘istondan o‘zib ketdi!

  • 31 oktabr, 2024, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Chergonoriyaning Budva shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak final bahslari yakunlanib, chempionlik uchun kurash olib boradigan bokschilar aniqlandi.

Tecno

Yarim finalga eng ko‘p yo‘llanmani o‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchilari qo‘lga kiritdi. To‘qqiz nafar hamyurtimiz medalni naqd qilgan holda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilish uchun kurashni davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Bu borada bokschilarimiz qozog‘istonliklarni ortda qoldirdi. Qo‘shnilarimizdan sakkiz nafar bokschi jahon chempionatidagi yurishini davom ettiradi.

Yarim finalga chiqqan mamlakatlar va bokschilar soni quyidagicha ko‘rinish oldi.

1. O‘zbekiston – 9 nafar bokschi

2. Qozog‘iston – 8 nafar bokschi

3. Rossiya – 5 nafar bokschi

4. Ozarbajon – 4 nafar bokschi

5-7. Eron, Armaniston, Xitoy – 3 nafardan bokschi

8-9. Kuba va Qirg‘iziston – 2 nafardan bokschi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!