O‘zbekiston U-23 ustozi Akram Komilov jarohat olganini tasdiqladi

  • 10 yanvar, 2018, 09:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionati 1-tur uchrashuvini Qatarga qarshi o‘tkazib, 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etgan bosh murabbiy Ravshan Haydarov himoyachi Akram Komilov jarohat olganini tasdiqladi.

“Ikkinchi taymda jarohat olgani uchun Akram Komilovni almashtirdik. Bu ham uchrashuvga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bugun, ayrim futbolchilar o‘z imkoniyatlaridan past darajada harakat qilishdi. Buning sababini albatta o‘rganib chiqamiz.

Balki turnirdagi ilk uchrashuv bo‘lgani uchun biroz bosim sezilgandir. Turnir endi boshlandi. Guruhdagi vaziyatni qiyinlashtirib qo‘ydik, ammo, imkoniyatimiz bor ekan, oxirigacha kurashamiz”, – dedi Ravshan Haydarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!