
O‘zbekiston terma jamoasining Urugvayga qarshi uchrashuv vaqti ma’lum bo‘ldi
FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida xabar bergan edik. Uchrashuv 13 oktyabr kuni Malayziyaning "Kuala Lumpur" shahrida bo‘lib o‘tadi.
Kecha Malayziyada mazkur o‘yinga doir tashkiliy masalalar yuzasidan jamoalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unga ko‘ra, o‘yin 13 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:45 (mahalliy - 20:45) da o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Uchrashuv "Hang Jebat" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar