
O‘zbekiston terma jamoasi safida nechta “limon” futbolchi bor?
Ayni damda Saudiya Arabistonida yig‘in o‘tkazayotgan Srechko Katanets boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 mart sanasida Venesuela termasi bilan kuch sinashadi. Biz "Transfermarkt" portali bergan ma’lumotlarga asoslangan holda qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Ayni damda terma jamoamizning umumiy transfer qiymati 26,7 million evroga teng. Bu Osiyo qit’asidagi eng yaxshi beshinchi natija degani. Bizdan oldinda Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Avstraliya terma jamoalari o‘rin egallagan. TOP-10 esa mana bunday ko‘rinishda.
E’tiborlisi, bu statistik ma’lumotga ko‘ra, Saudiya Arabistoni terma jamoasidan sezilarli farq bilan oldindamiz. Birinchi va ikkinchi pog‘onani egallagan sharqiy Osiyo vakillari dunyo reytingida 29 va 33-o‘rinda bormoqda.
Futbolchilar borasida hali-hamon Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi safidagi eng qimmat futbolchi unvonini o‘zida saqlab turibdi. Portal forvardni 7 million evroga baholagan. Bu Osiyo qit’asidagi (18) TOP-10 dan o‘rin egallash uchun kamlik qiladi. Kuchli o‘nlikni “Tottenxem” forvardi Son Xyon Min (60 million evro) boshqarib turibdi.
RPLni “yondirgan” Eldor Shomurodov va Sardor Azmunlar kuchli o‘nlikdan pastga tushishga majbur bo‘ldi.
Ayni damda, Katanets qo‘l ostidagi jamoamiz safida transfer qiymati bir millionlik dovonni oshib o‘tgan 6 futbolchi bor. Ular Otabek Shukurov (2,5 million evro), Aziz G‘aniev (2 million evro), Odiljon Hamrobekov (1 million evro), Jaloliddin Masharipov (2,5 million evro), Eldor Shomurodov (7 million evro) va Bobur Abduholiqov (1 million evro).
Yig‘inda ishtirok etayotgan futbolchilarning 16 tasi Superliga klublari a’zosi sanaladi. “Nasaf”dan 5, “Navbahor”dan 4, “Paxtakor”dan 4, OKMKdan 2 va “Olimpik”dan bir futbolchi Srechko Katanetsnng bu safargi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun e’lon qilgan ro‘yxatidan o‘rin egallagan. Terma jamoamizning o‘rtacha yoshi 25,61 ni tashkil etadi.
Fikrlar