O‘zbekiston terma jamoasi etakchilarining Kannavaro murabbiyligiga munosabati qanday?

  • 4 oktabr, 22:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilning yozida AQSh, Kanada va Meksika birgalikda mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etadi.

Tecno

Futbolchilarimiz mamlakat tarixida ilk bor mundialga yo‘llanma olgani uchun bo‘lajak musobaqa biz uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Ayni paytda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoani futbol olamining eng nufuzli turniriga munosib tayyorlaydigan xorijlik mutaxassis qidirmoqda. Assotsiatsiya mutsaddilari bir necha nomdor murabbiylarga murojaat qildi. Oxir-oqibat italiyalik Fabio Kannavaro terma jamoamiz bilan ishlashga rozilik bergani aytilmoqda.

Hali futbolda murabbiy sifatida biror yutuqni qo‘lga kiritmagan va terma jamoalar bilan ishlash tajribasi Xitoyning ikki o‘yini bilan cheklanadigan mutaxassisning jahon chempionatda qatnashishga hozirlik ko‘rayotgan terma jamoaga bosh murabbiy bo‘lishi juda keng muhokamalarni keltirib chiqardi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu shov-shuvlar fonida Fabio Kannavaro bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.

Ayni paytda bu masalani turli darajadagi mutasaddilar, mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilar keng muhokama qilmoqda. Xususan, milliy terma jamoamiz etakchilaridan hisoblangan Rustam Ashurmatov ham bu masaladi o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi haqida yozishyapti, lekin bu hali rasmiy tasdig‘ini topgan yo‘q. Aslida bundan keyin ham Timur Kapadze bilan ishlashni xohlardik, chunki aynan mana shu  murabbiy bilan birga jahon chempionatiga yo‘llanma oldik.

Endi nima bo‘lishini kutamiz. Fabio Kannavaro haqida biror narsa deyishim qiyin. Uning faoliyatini kuzatmaganman, qaerda va qanday ishlaganini bilmayman, - dedi Rustam Ashurmatov Rossiyaning championat.com sayti muxbiri Vladislav Kruglov bilan  suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatig saralash musobaqalarining katta qismini Srechko Katanets boshchiligida o‘tkazdi. Biroq sloveniyalik murabbiy salomatligida muammo kelib chiqqani bois, bosh murabbiylikka Timur Kapadze taklif etildi.

Futbolchilarimiz uchinchi saralash bosqichidagi eng muhim va oxirgi o‘yinlarini aynan Kapadze qo‘l ostida o‘tkazib, ummonortida bo‘ladigan jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida “CAFA Nations Cup 2025” xalqaro turnirida g‘olib chiqdi. Bu musobaqada ham futbolchilarimizga Timur Kapadze ustozlik qildi.

Hurmatli o‘quvchilar, Siz nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasini bo‘lajak jahon chempionatiga kim tayyorlagani ma’qul? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

 

Ispaniyada o‘ynagan yulduz O‘zbekistonni qabul qilayotgan Kannavaroga o‘zgacha murojaat qildi

Tezkor: Husanov haqida noxush xabar!

Kutilmagan vaziyat: Buyog‘iga Husanov ancha qiynaladigan bo‘ldi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
05/10/2025 07:47
КАННАВАРО ВАРИАНТИ ЭНГ НОМАКБУЛ ВАРИАНТ УНДАН КУРА КАПАДЗЕ БУЛГАНИ МАКУЛ ЧЕТДАН МУРАББИЙ ЧАКИРИШ КЕРАК БУЛСА КАПАДЗЕДАН БИР БОШ УСТУН МУРАББИЙ БУЛИШИ КЕРАК КАННАВАРО ТЕМУР ЭРИШГАН ЮТУККА ЭРИШГАН ЙУК.