O‘zbekiston mundialda qattiq jang qiladi, lekin..

  • 8 dekabr, 10:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha AQSh, Kanada va Meksika maydonlari mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etadigan 48 ta terma jamoa guruhlarga ajratildi.

Tecno

O‘zbekiston milliy terma jamoasi kuchli raqiblar – Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi Portugaliya va Xames Rodriges boshchiligidagi Kolumbiyaga ro‘baro‘ keladi.

“K” guruhining to‘rtinchi vakili Kongo Demokratik Respublikasi, Yangi Kaledoniya va Yamayka terma jamoalaridan biri bo‘ladi.

Ayni paytda futbol ekspertlari mundial ishtirokchilarining imkoniyatlariga baho bermoqda.

Sports.uz portali Italiyaning “Fodja” va “Bolonya” klublari, Rossiya milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Igor Kolivanovning fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi. 

- Jahon chempionatiga tashlangan ushbu qur’aning o‘ziga xos tomoni shundaki, har bir guruhda ikki kuchli va qolganlari o‘rtacharoq jamoalar bo‘ladi.

Bu ko‘proq terma jamoalar ishtirok etishi uchun qilingan usul. Shuning uchun qiziqarli o‘yinlar guruh bosqichidan emas, pley-offdan boshlanadi. Lekin ayrim guruhlarda syurprizlar bo‘lishi ham mumkin.

- O‘zbekiston Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi guruhda syurpriz ko‘rsata oladimi?  O‘zbeklar nimalarga umid qilishi mumkin?

- Menimcha, O‘zbekiston terma jamoasi hali hech narsaga da’vo qila olmaydi. Shuningdek, syurpriz bo‘ladi, deb ham o‘ylamayman.

Albatta, o‘zbeklar jang qiladi, qattiq harakat qiladi. Lekin raqiblarning darajasi baribir seziladi, - dedi Igor Kolivanov.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatidagi debyut uchrashuvini 18 iyun kuni eng kuchli terma jamoalardan hisoblangan Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari alohida qiziqish bilan kutayotgan Portugaliya terma jamoasiga qarshi ikkinchi tur uchrashuvi 23 iyunga belgilangan.

Guruhdagi so‘nggi bahs – 27 iyunda pley-offdan muvaffaqiyatli o‘tgan terma jamoa bilan bo‘ladi.

Husanovga yo‘q joydan imkoniyat paydo bo‘ldi

Shomurodovning sensatsion seriyasi to‘xtadi, raqobatchilar jim...

Husanov “JCh-2026”ni boshlamay turib rekord o‘rnatdi!

O‘zbekiston ulkan hurmatga loyiq! Portugaliya ustozi Martines yana nimalar dedi?

Shomurodov va Fayzullaev murabbiy iste’fosiga “sababchi” bo‘ldi

Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!