O‘zbekiston MTJ yig‘in doirasida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 3 avgust, 2020, 18:05
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasining “Bunyodkor” stadionidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga start beriladi.

Tecno

Bosh murabbiy Vadim Abramov 10 avgustga qadar davom etadigan ushbu yig‘inga 28 nafar futbolchini jalb etgan.

Shuningdek, Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bugundan “Chig‘atoy” bazasida yig‘inga kirishadi.

Shu sababli, 6 va 9 avgust kunlari mazkur ikki terma jamoa o‘rtasida o‘zaro nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, o‘yinlar yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бозатау
04/08/2020 00:57
Yaqshi bolibti