
O‘zbekiston MTJ shifokori OFK mukofotiga loyiq ko‘rildi
OFK Tibbiyot qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda futbol tibbiyoti bo‘yicha bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda shuningdek, Osiyo futbol konfederatsiyasining tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha maxsus mukofot sovrindorlari ma’lum qilindi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh shifokori Alisher Aripov OFK tasnifi bo‘yicha “Yuqori darajadagi ko‘rsatgan tibbiy xizmatlari uchun” (bronza) mukofotiga loyiq deb topildi.
O‘FA matbuot xizmati
Fikrlar