O‘zbekiston milliy terma jamoasining bugungi o‘yini TVda olib beriladimi? - Davron Fayzievdan javob

  • 15 fevral, 2021, 15:45
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ko‘pchilik muxlislar bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini qaysi telekanaldan olib berilishi borasida murojaat qilmoqda. Ammo ushbu bahs TV orqali namoyish etilmaydi. O‘yinni faqatgina internetda tomosha qilishingiz mumkin.

Tecno

O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi sahifasida mazkur bellashuv nima sababdan TVda ko‘rsatilmasligiga javob berdi.

O‘zbekiston MTJning bugungi o‘rtoqlik o‘yinini ko‘pchilik kutgan sharhlovchi sharhlaydi

4861570110120

O‘yin kuni. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga qarshi o‘ynaydi. Nazorat uchrashuvi bo‘lganligi sababli ko‘chma televizion stantsiya tasvirga olmaydi, ya’ni TV translyatsiya bo‘lmaydi. Buni inobatga olgan holda, muxlislar uchrashuvlarni tomosha qilishi uchun sharoit yaratish maqsadida O‘FA rahbariyati Media bo‘limimiz mutaxassislarini BAAga yubordi. O‘z texnikamiz yordamida sizga YouTube orqali milliy jamoamiz o‘yinini namoyish etishni reja qilganmiz. Soat 18:00 da O‘FA YouTube sahifasida jonli translyatsiyani ko‘rishingiz mumkin, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
15/02/2021 19:14
Юткизадиган термани интйрнет тугул ТВда хам курмаймиз