
O‘zbekiston Liga kubogi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqtlari
2019 yilgi mavsumdan boshlab O‘zPFL litsenziyalash talablariga javob beruvchi futbol klublari o‘rtasida O‘zbekiston Liga kubogi musobaqasini tashkil etadi.
Musobaqada Superliganing 14 ta, shuningdek, A Pro-liganing “Mash’al” hamda “Sho‘rtan” klublari ishtirok etadi.
Liga kubogining 16 jamoasi 4 ta guruhga ajratildi. Jamoalar guruh bosqichida 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi.
PFL dastlabki tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlarini e’lon qildi.
O‘zbekiston Liga kubogi
31 may, juma
19:00 PAXTAKOR — QO‘QON-1912
19:00 METALLURG — BUNYoDKOR
19:15 NASAF — NAVBAHOR
19:15 AGMK — QIZILQUM
1 iyun, shanba
18:00 DINAMO — SURXON
19:00 LOKOMOTIV — BUXORO
19:15 ShO‘RTAN — SO‘G‘DIYoNA
19:15 MASh’AL — ANDIJON
Fikrlar