O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichiga qachon qur’a tashlanishi ma’lum

  • 25 may, 2021, 15:53
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra 14 ta jamoa 1/8 final bosqichi uchun chiptani qo‘lga kiritgandi. Ular qatoriga mazkur bosqichdan e’tiboran AGMK va “Paxtakor” klublari ham qo‘shiladi. 

Tecno

1/8 finalga qur’a 7 iyun kuni tashlanadi. Shu kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida Singapurga qarshi maydonga chiqadi. Shundan kelib chiqib, qur’a kechki efirda Sport-TV tomonidan jonli efirda namoyish etiladi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Avvaldan aytilganidek, qur’a marosimida guruh g‘oliblari alohida savatda bo‘ladi va ular 1/8 finalda bir-biri bilan, shuningdek, AGMK va “Paxtakor” klublari bilan to‘qnash kelmaydi. Bir o‘yindan iborat uchrashuvlarga kim mezbonlik qilishi qur’a yordamida aniqlab olinadi. 

O‘zbekiston kubogining final uchrashuviga Samarqand shahri mezbonlik qilishi sizga ma’lum. Uchrashuvlar o‘tadigan sanalar O‘zbekiston milliy termasining keyingi rejalaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan taqvim asosida keyinroq ma’lum qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ozgina qilsak sabr bizgaham kelar davr
26/05/2021 06:56
olga navbahor