O‘zbekiston Kubogi finalini boshqaradigan saudiyalik hakam juda qattiqqo‘l. U haqida nimalarni bilasiz?

  • 1 oktabr, 2024, 15:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, bu yilgi O‘zbekiston Kubogi finaliga har qachongidan qiziqish o‘ta yuqori darajada. Barcha kutayotgan “Navbahor” hamda “Andijon” o‘rtasidagi o‘yinni esa xorijlik hakamlar boshqarishidan xabaringiz bor. Saudiya Arabistonilik Xolid Solih al-Turais haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Tecno

U 1987 yilning 30 aprel sanasida tavallud topgan. Hakamlik faoliyatini 2008 yildan boshlagan. 2016 yildan esa FIFA referisiga aylangan. Bu yilgi mavsumda u shu kungacha 16 ta turli darajadagi uchrashuvlarni boshqargan. Saudiyalik hakam o‘zi boshqargan o‘yinlarda futbolchilarga jami 60 ta sariq kartochka ko‘rsatgan va 4 marta maydondan chetlatgan. Shuningdek, 6 ta bahsda penalti belgilagan.

E’tiborlisi, Xolid Solih al-Turais o‘zi bosh hakamlik qilgan barcha bellashuvlarda kamida bitta bo‘lsa ham sariq kartochkasini ko‘rsatgan. Ko‘rinib turibdiki, u maydonda juda qattiqqo‘l va tartib-intizomni birinchi o‘ringa qo‘yadi.

22 avgust kuni Saudiya Arabistoni pro ligasi doirasida “Al Nassr”ning “Al Rayed”ga qarshi uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlangan. Jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu al-Turaisning belgilagan penaltisidan keyin gol urgan. Shuningdek, o‘sha bahsda bosh hakam Ronalduning golini VAR orqali bekor ham qilgan.

Ma’lumot uchun, al-Turais 2023 yilgi Osiyo Kubogida O‘zbekiston hamda Tailand o‘rtasidagi uchrashuvda AVAR hakami bo‘lib ishlagan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Kubogi finallarining ikkitasida ham xorijlik hakamlar ishlashgan. 2014 yili “Bunyodkor” – “Lokomotiv” (0:1) o‘rtasidagi uchrashuvni koreyalik Kim Dong Jin boshqargan bo‘lsa, 2017 yilda ham yana “Bunyodkor” va “Lokomotiv” (0:1) to‘qnashuvida Muhammad Abdulla Hasan referilik qilgan.  

Xolid Solih al-Turaisning joriy mavsumdagi boshqargan barcha o‘yinlari

20 fevral. OChL. 2003-2004. 1\8 final.

“Poxan Stilers” (J.Koreya) – “Chonbuk Motoros” (J.Koreya) – 1:1.

3 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

----------------------------------------------

15 mart. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.

“Al Tai” – “Al Ittifoq” – 1:1.

5 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatgan.

-----------------------------------------------

12 mart. JCh-2026. 2-saralash bosqichi.

Janubiy Koreya – Tailand – 1:1.

1 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

---------------------------------------

3 aprel. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.

“Al-Shabab” – “Al Riyod” – 1:0.

2 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

---------------------------------------------

20 aprel. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.

“Al Uxud” – “Damas FK” - 1:2

4 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

-----------------------------------------

4 may. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.

“Al Tai” – “Al Xalej” – 0:0

3 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

-------------------------------------------

17 may. Saudiya Arabistoni Pro ligasi

“Al Ittifoq” – “Al Uxud” – 1:1

2 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatgan.

----------------------------------------------

23 may. Saudiya Arabistoni Pro ligasi

“Al Riyod” – “Al Nassr” – 2:2

3 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatgan.

---------------------------------------------------

27 may. Saudiya Arabistoni Pro ligasi

“Al Tai” – “Al Uxud” – 0:2

6 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

----------------------------------------------

11 iyun. JCh-2026. 2-saralash bosqichi.

Avstaraliya – Falastin – 5:0

4 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

----------------------------------------------

22 avgust. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.

“Al Nassr” – “Al Rayed” – 1:1

8 ta sariq kartochka ko‘rsatgan

----------------------------------------------

28 avgust. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.

“Al Ittifoq” – “Al Uxud” – 1:0

1 ta sariq kartochka ko‘rsatgan

----------------------------------------------

5 sentyabr. JCh-2026. 3-saralash bosqichi.

Iroq – Oman – 1:0

2 ta sariq va 1 ta qizil kartochka

------------------------------------------------

13 sentyabr. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.

“Al Tavuun” – “Al Xalej” – 2:0

8 ta sariq kartochka ko‘rsatgan

-----------------------------------------------

17 sentyabr. OChL Elit 2004\2005.

“Shandong Tayshan” – “Sentral Kost Mariners” – 3:1.

5 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

---------------------------------------------

27 sentyabr. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.

“Al Qodisiya” – “Al Axli” – 1:0

3 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!