
O‘zbekiston Kubogi "D" guruhiga yo‘l olgan jamoa nomi aniqlandi
Bugun Toshkentdagi "Chig‘atoy" stadionida O‘zbekiston Kubogi 3-saralashidan o‘rin olgan "Qumqo‘rg‘on-1977" - "Do‘stlik Oltiariq" bahsi o‘tkazildi.
Bellashuvda "Do‘stlik" 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda gollarga Zarbillo Umarov, Mo‘ydin Mamazulunov va Musobek Muzaffarov mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Do‘stlik" O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga yo‘l oldi. Jamoa "D" guruhidan o‘rin egallaydi. Ushbu guruhda "Qo‘qon-1912", "G‘ijduvon" va "Mash’al" jamoalari bor.
Fikrlar