
O‘zbekiston jamoasi “Tur de Frans”da ishtirok etdi
Frantsiyada velosport bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi “Tur de Frans” ko‘pkunlik velopoyga yakuniga etdi. Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqada ilk bor yurtimiz nomidan “Tashkent City Women Professional Cycling Team” jamoasi ishtirok etdi.
Musobaqada startga chiqqan yurtdoshlarimiz orasida Yanina Kuskova murakkab poygalardan iborat 8 bosqichdan to‘liq o‘ta oldi. Hamyurtimiz turnirni yakunlay olgan 110 nafar ishtirokchi orasida 47-bo‘ldi. Bosh sovrin polshalik Katajina Nevyadomaga nasib etgan bo‘lsa, niderlandiyalik Demi Vollering hamda Paulina Royyakers kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
Fikrlar