
O‘zbekiston futbolida murabbiylar ham ijaraga berilayotganidan xabaringiz bormi?
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida qiziq bir holatni ma’lum qildi. Ya’ni, Pro ligada bosh murabbiylar ham ijaraga beriladi.
- Sezgan bo‘lsangiz, "Xorazm" klubi 7-turga qadar faqat mag‘lub bo‘ldi. Oxir-oqibat klubda o‘tgan mavsum ishlagan bosh murabbiy Aleksandr Ejovni ortga qaytarish kerak, degan fikrga kelindi. Ammo Ejov mavsum boshida "Oq-tepa" bilan 1 yillik shartnoma imzolab bo‘lgandi. Xo‘sh, nima qilish mumkin?
"Oq-tepa" ijara orqali pul ishlashni biladi. Yaqindagina "Qizilqum" uning nigeriyalik hujumchisi Ibrohim Tomivani ijaraga olgandi. Bu safar oq-tepaliklar bosh murabbiy Ejovni ijaraga berish narxini "Xorazm" bilan kelishib olishdi. Natija hozircha yomon emas. Xorazmliklar so‘nggi ikki turda Superligaga harakat qilayotgan "Neftchi" bilan durang o‘ynadi, yana bir shunday klub "Dinamo"ni esa mag‘lub etdi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Pro liga 10-turidan keyingi turnir jadvalidagi holat bilan tanishishingiz mumkin:
O‘zbekiston Kubogining taqdiri nima bo‘ladi? Musobaqa o‘tkaziladimi?
Fikrlar