O‘zbekiston delegatsiyasi zamonamizda ilk bor o‘tkaziladigan “Kelajak o‘yinlari”da qatnashadi

  • 13 fevral, 2024, 10:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Joriy yilning 21 fevral – 3 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida tarixda ilk bor “Kelajak o‘yinlari” xalqaro kompleks musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 100 dan ortiq mamlakatdan 2 mingga yaqin sportchi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan sport tadbirida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi.

Tecno

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bir-biridan qiziqarli yangi sport turlari kashf qilinyapti. Jismoniy va raqamli musobaqalarni birlashtirgan yangi formatdagi mazkur multikompleks O‘yinlar dunyo sportida yangi davrni boshlab bersa ajab emas. Ushbu kunlar davomida Tatariston poytaxti butun dunyodan tashrif buyurgan sportchi yoshlarning e’tibor markazida bo‘ladi.

Bahslar 21 ta innovatsion yo‘nalish bo‘yicha (16 ta asosiy va 5 ta kengaytirilgan dastur) o‘tkaziladi. Ularning har biri "fijital" (jismoniy va raqamli) tushunchasini ifodalaydi, ya’ni jismoniy harakat va kibersportni birlashtiradi. G‘olib sportchilarning har ikki dasturdagi natijalarining yig‘indisiga ko‘ra aniqlanadi.

Ta’kidlash joiz, ushbu xalqaro musobaqada mamlakatimiz sharafini virtual velosport, sport dasturlash, fijital-xokkey va fijital-poyga kabi 4 ta sport turidagi vakillarimiz himoya qilishadi.

Sportchilarimiz mazkur bellashuvlarga tayyorgarlikni turli mamlakatlarda olib bormoqda. Jumladan, xokkeychilarimiz Rossiyada, velosportchilarimiz esa Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazyapti.

Musobaqada birinchi bo‘lib ishtirokini boshlaydigan fijital-xokkey jamoamiz 14 fevral kuni Qozonga etib boradi. Delegatsiyaning asosiy qismi esa 20 fevral sanasida Tataristonga tashrif buyurib, 21 fevralga belgilangan ochilish marosimida qatnashadi. Nisbatan keyinroq bahslarga kirishadigan fijital-velosport jamoamiz 22 fevral kuni Turkiyadan to‘g‘ri Qozon shahriga uchib keladi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!