O‘zbekiston delegatsiyasi “JCh–2026” uchun o‘z bazasini tanlamoqda

  • 9 dekabr, 14:03
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni kunlarda AQShda FIFA Jahon chempionati oldidan mundial ishtirokchilariga turnir davomida foydalaniladigan mashg‘ulot maydonlari, trenajyor zallari, mehmonxonalar hamda logistika bilan bog‘liq infratuzilmalar haqida ma’lumotlar taqdim etilmoqda. 

Tecno

Bugun delegatsiyamiz mutaxassislari Ostin shahriga tashrif buyurib, jamoalar uchun ajratilgan baza bilan tanishishdi. Bundan tashqari, San-Antonio va Hyustondagi lokatsiyalarni ham ko‘zdan kechirib, yakuniy xulosalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etish joiz, turnir davomida FIFA tomonidan 61 ta lokatsiya tanlangan bo‘lib, ular musobaqa ishtirokchilarining istiqomat qilishi va mashg‘ulot o‘tkazishi uchun mo‘ljallangan. 

Joylashtirish jarayoni terma jamoalarning o‘yinlar o‘tkaziladigan shahar va stadionlar geografiyasidan kelib chiqib belgilanadi. Guruh bosqichi uchrashuvlari davomida ishtirokchilar boshqa shaharlarga maxsus charter reyslari orqali etib borib, o‘yin yakunlangach o‘z bazasiga qaytib kelishadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Jahon chempionatining "K" guruhidan joy olib, Portugaliya, Kolumbiya va Kongo/ Yamayka / Yangi Kaledoniya bilan bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!