
O‘zbekiston - Isroil: O‘yin qachon?
Argentinada bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshlilar o‘rtasidagi mundialning 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Kecha Gvatemalani 2:0 hisobida taslim etgan vakillarimiz "A" guruhida 2-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqandi.
Haydarov shogirdlarining raqibi "C" guruhida 2-o‘rinni olgan jamoa bo‘ladi. Ushbu guruhdagi ikkita o‘yin ham yakunlandi. Unda Kolumbiya Senegal bilan durangga imzo chekkan bo‘lsa, Isroil Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub qildi va 2-pog‘onaga ko‘tarildi. Shuningdek, O‘zbekistonning 1/8 finalidagi raqibiga aylandi.
O‘zbekiston hamda Isroil terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 30'dan 31 mayga o‘tar kechasi tunggi soat 02:00da start oladi.
Fikrlar