O‘zbek to‘purari Evropadagi ligani zabt etgani boradigan bo‘ldi

  • 7 dekabr, 2024, 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilardan Jasurbek Yaxshiboev faoliyatini Evropa mamlakatlaridan biri – Ozarbayjon chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.

Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, 27 yoshli universal hujumchimizni  ushbu mamlakatning eng nomdor va mashhur jamoasi – “Neftchi” o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Jasurbek Yaxshiboev o‘tgan mavsumni Qozog‘iston chempioni “Ordabasi” jamoasida o‘tkazdi. Bu klubda yuqori malakali hujumchilar to‘planganiga qaramay, hamyurtimiz qisqa fursatda jamoaning asosiy to‘purariga aylanib oldi.

Legionerimiz Chimkent klubi safida chempionatda 17 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini to‘qqiz marotaba ishg‘ol qildi va jamoasining eng sermahsul o‘yinchisi bo‘ldi.

Aslida Jasur chempionat to‘purarlari poygasida g‘oliblik uchun kurashayotgan edi. Uchrashuvlardan birida hakamni turtgani uchun to‘rtta o‘yindan iborat diskvalifikatsiyaga uchradi va chempionatning yakuniy qisimini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi.

Shunga qaramay, qozog‘istonlik futbol ekspertlari Jasurbek Yaxshiboevni chempionatning eng yorqin o‘yinchilari va mavsum kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etdi.

Ta’kidlash joizki, Yaxshiboevga Evropa maydonlari begona emas. “Paxtakor”da tarbiyalangan futbolchi yurtimizda OTMK jamoasida ham ma’lum muddat faoliyat olib borganidan keyin 2020 yili Evropa tomonlarga yo‘l olgan edi.

Dastlab, Belarus chempionatida “Energetik-BGU” jamoasidan qo‘nim topgan hamyurtimiz mavsumning ikkinchi yarmida chempionlik uchun kurashayotgan “Shaxtyor-Soligorsk” klubiga ko‘chib o‘tgandi. Jasur o‘z gollari bilan soligorskliklarni mamlakat chempioniga aylanishiga muhim hissa qo‘shgan.

Keyinchalik taqdir uni Polsha chempionatiga, u erdan Moldovaga etakladi. Garchi ko‘p o‘ynamagan bo‘lsa-da, Varshavaning “Legiya” jamoasi safida Polsha chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

2021 yili ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun “Legiya”dan Moldovaning eng qudratli klubi “Sherif”ga ijaraga o‘tdi. Bu jamoada uchinchi mamlakat chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Asosiysi esa, Yaxshiboev “Sherif” safida Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida Madriddagi bahsda “Real” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, Moldova tarixidagi eng yorqin g‘alabada ishtirok etdi.

Shuningdek, Jasur Yaxshiboev “Real”ning uy arenasi “Santyago Bernabeu”da gol urgan birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida nom qoldirdi.

Endi Jasur yo‘l olishi kutilayotgan Ozarbayjon chempionatida o‘zbek futbolchilari uchun begona emas. Bu mamlakatda o‘zbekistonlik hujumchi Bahodir Nasimov bir necha mavsum muvaffaqiyatli to‘p surgan va to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan. Shuningdek,

Yaqinda iste’dodli o‘yinchilarimizdan Jasur Jaloliddinov Ozarbayjonning “Sumgayit” jamoasi safiga borib qo‘shildi.

Demak, Yaxshiboevdan ham yaxshi yangilik kutib qolamiz!

Agar bu jamoada o‘ynaganida Fayzullaev uchun 15 emas, 50 million evro berishardi!

Fayzullaev Frantsiyaga boradimi?

Fayzullaevga “Monako” qiziqayotganiga munosabat bildirildi!

Fayzullaev muxlislari o‘qisin: Abbosga yordam beraylik!

Eldorni nimalar kutmoqda? Shomurodovga oid so‘nggi yangiliklar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Футболчи
05/12/2024 17:57
Вохмани карела! :)))
&
Футболчи
05/12/2024 17:56
Сарлавхадаги ёзувни укиб, Раел еки Барселона сотиб олаётган эканми димман :)
Ahmedov Izzatillo
05/12/2024 14:56
Бу бола жудаям секин сотиб олган команда адашади