O‘zbek sportchisi nufuzli marafonga Afrikada tayyorlanmoqda

BEPUL PROPAN

Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov joriy yilning 27 oktyabr kuni Valensiyada o‘tadigan nufuzli yarim marafon turnirida startga chiqadi.

Dunyoning eng nufuzli yarim marafon musobaqalari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Valensiya bahslarida munosib natijaga erishishni maqsad qilgan Shohruh Davlatov shu kunlarda Keniyaning Iten shaharda tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqda.

Rejaga ko‘ra, Davlatov Valensiya yarim marafonidan so‘ng yana Keniyada tayyorgarlikni davom ettiradi. 

Engil atletikachimiz joriy yilning 27 noyabriga qadar Itendagi  o‘quv-mashg‘ulotda qatnashib, noyabr oyining so‘nggi kunlarida yana Valentsiyaga yo‘l oladi. U erda hamyurtimiz 1 dekabrga belgilangan “Platinum” darajasidagi marafonda vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!