O‘zbek “pantera”sining mamlakatimiz kikboksingi haqidagi fikri qanday?
O‘zbek kikboksing olamining mashhur vakillaridan biri “Pantera” nomi bilan mashhur bo‘lgan Timur Muhamedjonov yana ushbu sportga qaytganligiga ko‘p bo‘lmadi. Endi, u mazkur yakkakurash turi bo‘yicha Toshkent shaharining mutasaddisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Kuni kecha, aynan ushbu sobiq sportchimiz tashabbusi bilan poytaxt chempionati bo‘lib o‘tdi. Sports.uz muxbiri Timur Muhamedjonov bilan bog‘lanib, ushbu turnir borasidagi qisqacha fikrlari bilan qiziqdi.

- Musobaqa juda yaxshi o‘tdi. Mazkur turnir mobaynida eski o‘zbek kikboksing olami vakillarini bir joyga yig‘ishga harakat qildim. G‘olib va sovrindorlarga aynan ushbu sport turiga ko‘p mexnati singgan insonlar estalik sovg‘alarini topshirishdi. Qolaversa, ular bilan birgalikda yanada yangi rejalar tuzishga, ularni amalga oshirishga bel bog‘ladik.
Maqsad bitta “cho‘kib ketgan” o‘zbek kikboksingini yana avvalgi darajasiga qaytarish... Qolaversa, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish barobarida yoshlarni sportga jalb qilishni asosiy vazifa qilib belgiladik. Mazkur turnir maqsad va vazifalarimizning ilk qadami bo‘ldi desam yanglishmagan bo‘laman. O‘ylaymanki, tez orada biz yana shonli darajamizga qayta olamiz.




Fikrlar