O‘zbek muaytayining "Oltin avlod"i!

CHERY AUTO

O‘zbekistonda muaytay har doim yaxshi darajada bo‘lgan. Ayniqsa gullagan oltin davrini 2000-2010 yillar oralig‘i deb olsak, o‘sha vaqt “Oltin avlod” vakillari ajoyib natijalar qayd etgan. Biz ushbu “Oltin avlod” vakillarini yodga olishga va muaytay ixlosmandlariga tanishtirib o‘tishni lozim topdik. Albatta, ba’zi kamchiliklar yoki yodimizdan ko‘tarilgan natijalar bo‘lishi mumkin. Bunisiga rozi bo‘lasiz!

Tecno


Demak…

45 kg: Dilshod Mirzaev - 2004 yil, jahon chempionati Bangkok 2-o‘rin, 2005 yil Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari, Pxuket 3-o‘rin.

Aziz Eshniyozov - 2006 yil, Jahon chempionati Bangkok 2-o‘rin.

48 kg: Azim Yusupov  - 2004 yil, Jahon chempionati Bangkok 3-o‘rin.

Hurshid Eshonxo‘jaev -  Yopiq inshoatlardagi Osiyo o‘yinlari, Pxuket 3-o‘rin.)

Sherzod Sotqinov - 2010 yil Osiyo chempionati, Toshkent 1-o‘rin.

51 kg: Sherzod Sharipov - 2004 yil, Jahon chempionati Bangkok 2-o‘rin, 2005 yil Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari, Pxuket 3-o‘rin. 2006 yil Jahon chempionati, Bangkok 3-o‘rin.

54 kg: Muhammadqodir Sobirov - 2004 yil, Jahon chempionati Bangkok 2-o‘rin.

57 kg: Aziz Xidoyatov - 2004 yil, Jahon chempionati Bangkok 2-o‘rin

Anvar Boynazarov - yakkakurashlar bo‘yicha dunyo o‘yinlari, Bankok 1-o‘rin.

60 kg: Mavlonbek Qahhorov: - 2004 yil, Jahon chempionati Bangkok 1-o‘rin.

Firdavs Xolmurodov: 2008 yil yakkakurashlar bo‘yicha dunyo o‘yinlari, Bankok 1-o‘rin. 

Abdullo Xudoyberdiev - 2009 yil Jahon chempionati 1-o‘rin, 2007 yil yopiq inshoatlardagi Osiyo o‘yinlari, Makao 2-o‘rin, 2010 yil Osiyo chempionati, Toshkent 3-o‘rin.



61 kg: Mavlonbek Qahhorov - yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari 2005 yil 1-o‘rin

63,5 kg: Mavlonbek Qahhorov - Jahon chempionati Bangkok 2006 yil 1-o‘rin.

Aziz Nazarov - 2008 yil yakkakurashlar bo‘yicha dunyo o‘yinlari, Bankok 1-o‘rin.

Firdavs Xolmurodov - 2010 yil Osiyo chempionati,Toshkent 1-o‘rin.

67 kg: Mavlonbek Qahhorov2007 yil yopiq inshoatlardagi Osiyo o‘yinlari, Makao 1-o‘rin, 2009 yil sharq yakkakurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati 1-o‘rin. 2010 yil Jahon chempionati Bangkok, 3-o‘rin.

Aziz Nazarov - 2010 yil Osiyo chempionati, Toshkent 1-o‘rin.

71 kg: Artur Kadirkulov - 2007 yil yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari, Makao 1-o‘rin, 2008 yil yakkakurashlar bo‘yicha dunyo o‘yinlari, Bankok 1-o‘rin.

Mavlonbek Qahhorov -  2010 yil professionallar o‘rtasida qit’alararo chempionlik kamari soxibi.

86 kg: Javlon Nazarov - 209 yil jahon chempionati  2-o‘rin, 2010 yil Jahon chempionati, Bangkok 3-o‘rin, 

Artur Kodirkulov - 2010 yil Osiyo chempionati, Toshkent 2-o‘rin.

91 kg: Yusuf Ibragimov - 2010 yil Jahon chempionati Bangkok 1-o‘rin, 2008 yil yakkakurashlar bo‘yicha dunyo o‘yinlari, Bankok 2-o‘rin. 

Jasur Mirzamuhamedov - 2010 yil Osiyo chempionati, Toshkent 1-o‘rin.

+91 kg: Erkin Quttiboev bu vaznda jahonning tengsiz muaytaychisi bo‘lgan. 5 karra jahon chempioni hisoblanadi.

Jasur Mirzamuhamedov - 2008 yil yakkakurashlar bo‘yicha dunyo o‘yinlari, Bankok 1-o‘rin.

Ushbu yillar terma jamoaga Rahmatjon Ro‘zioxunov, Zamirbek Qosimbekov, Kamol Mutalov murabbiylik qilgan. 


Albatta, yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, yodimizda qolgan voqeliklar bilan o‘rtoqlashdik. Aslida g‘olib va sovrindorlarimiz bundanda ko‘proq ekanliklari aniq. Shuningdek, o‘zbek muaytayi hozirgi kunda ham ajoyib natijalar qayd etib kelmoqda. Bu haqida ham keyinroq batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Qolaversa, bu sportchilarimiz ko‘plab halqaro turnirlarda ham zafar quchishganligini ham aytib o‘tmoqchimiz.



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!