O‘zbek futbolchisi ham Evropa kuchli ligalarida porlashi mumkin!

  • 9 iyun, 2024, 01:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi sheriklari – Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov ortidan Evropaning “Top-5” chempionatlariga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan futbolchilarimizdan.

Tecno

Garchi 20 yoshli hujumkor fubolchimiz o‘ziga Ispaniya futboli mos kelishini ta’kidlasa-da, ayrim manbalar Italiyadan “Parma” va Germaniyadan “Bavariya”ni uni kuzatayotgani haqida axborot tarqatgandi.

Evropa futbolini tahlil qilib kelayotgan ekspertlar Abbosbek Fayzullaev haqida ham fikr bildirmoqda.

Sports.uz portali italiyalik mutaxassislarning hamyurtimiz haqidagi fikr- mulohazalarni havola etadi.

Juzeppe Emanuele Frizone:

Men transfer bozori haqida fikr bildirmoqchiman.  “Parma” qiziqayotgan Abbosbek Fayzullaev Markaziy Osiyodan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi pleymeykeri. U 2003 yili tug‘ilgan va juda zo‘r texnikaga ega.

Fayzullaev TsSKAdagi mavsumni yuqori darajada o‘tkazdi va Evropaning bir necha klublarida qiziqish uyg‘otdi. Abbos Rossiyada uzoq qolmaydi.

Transfer bozori talablari o‘zgaruvchan bo‘ladi. Futbol olamida noyob iste’dodlar futboli an’anaviy tarzda yaxshi rivojlangan davlatlardan uzoqlardan ham topiladi. Bunga misol qilib, “Napoli”dagi Xvicha Kvaratsxeliyani, egizak Arveladzelarni ko‘rsatish mumkin.  “V” seriyaning bu galgi to‘purari Paxyanpalo ham futboldan uzoq Finlyandiyadan.

Zamonaviy futbolda o‘zbek futbolchisi ham Evropaning kuchli ligalarida porlashi mumkin. 20 yil oldin O‘zbekistondan Maksim Shatskix chiqqan va Evropa e’tiborini tortgan edi.

Rokko Azzali:

Transfer oynasi ochilgan va endi kimlar ketib va qaysi o‘yinchilar kelishi haqida fikr yuritish mumkin.  Yuqori divizionga chiqqan “Parma”da yo‘qotish bo‘ladi. Maydon markazini ushlab turgan braziliyalik futbolchining “Korintians”ga o‘tishi deyarli aniq.

Bu yarim himoyachi Italiyaga Rossiya chempionatidan, ya’ni Sankt-Peterburgning “Zenit” klubidan kelgan edi. Endi uning o‘rnini to‘ldirish kerak. Parmaliklar mo‘ljallagan “Yuventus”ning universal futbolchisi Fabio Miretti “Bolonya” yoki “Montsa” taklifini qabul qiladigan bo‘lyapti.

Bu pozitsiyaga TsSKAda o‘ynayotgan Abbosbek Fayzullaev bor. Agarbu transfer amalga oshsa, kelajakni o‘ylab tashlangan qadam bo‘ladi.

Daniel Uchcheleri:

“Parma” yuqori divizionda munosib qatnashishi uchun transfer bozorini o‘rgana boshladi. Bu orada yangi nom paydo bo‘ldi. Parmaliklar Markaziy Osiyoning eng iqtidorli yosh o‘yinchilaridan biriga e’tibor qaratdi. Bu Abbosbek Fayzullaev.

2003 yilda tug‘ilgan futbolchi texnikasi yaxshi rivojlangan pleymeyker va tezkor hujumchi hisoblanadi.

TsSKA o‘yinchisi uchrashuvlar davomida golli uzatmalarni ko‘p oshirishi bilan ham ko‘zga tashlanmoqda.

Osiyo qit’asining eng yorqin yosh o‘yinchilaridan bo‘lgan Abbosbek Fayzullaevga “Bavariya” ham qiziqish bildirgan.

Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan yili avgustda TsSKA bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolagan. 20 yoshli legionerimizning bugungi kundagi transfer narxi 6 million evroni tashkil qilmoqda.

Yangilik: O‘runovning “ketmoni uchdi”...

“Barsa”da o‘ynagan futbolchi: Eng zo‘r transfer Fayzullaev bo‘ldi!

Fayzullaevning narxi keskin ko‘tarildi! Bu xaridorlarga ta’sir qiladimi?

O‘sish bor, tushish ham: Legionerlarimizning yangi narxlari bilan tanishing

Fayzullaev O‘zbekistonda o‘zidan zo‘r futbolchilar borligi aytdi

9 ta jamoa bosh murabbiylari Fayzullaevni tanladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Negmat Negmatov
09/06/2024 08:12
Ассалому алейкум хурматли футбол ишкибозлари. Хозирги ОТЖ таркибдан хаммаси Европа клубларида бемалол уйнаб порлаб кетади. Жалолиддинов эса кучли 5-лик супер клубларида бемалол уйнай олади. Факат агентлар енг шимириб ишлаши керак и курсатиши керак булади. Олимпиадан сунг харидорлар купайади ХУДО хохласа! Омад йигитларга
&
Dili
08/06/2024 20:43
Яна кайтардиларингми якинда ед оламан