Oybek Jo‘raev: Hozircha, jangimdan ko‘nglim to‘lgani yo‘q

  • 9 may, 2023, 19:08
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Tecno

-54 kg vazn toifasida Oybek Jo‘raev albaniyalik Zeneli Ariol bilan ringga ko‘tarildi. Jangda hamyurtimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Oybek Jo‘raev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

oybek (2)

- Ikkinchi jangda ham g‘alaba qozondim. Barchaning oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Keyingi bosqichda ispaniyalik bokschi bilan bahs olib boraman. Raqibimning imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, chorak finalga tayyorgarlik ko‘ramiz. Hozircha, jangimdan ko‘nglim to‘lgani yo‘q. O‘z uyimizdagi jahon chempionatida oltin medalni olishga harakat qilamiz. Bunday bosimga o‘rganganmiz. Har bir odamda hayajon bo‘ladi. Jangdan jangga ochilib borishga intilamiz, - dedi Oybek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!