"Ovedo" muxlislari uchun jazo qo‘llanishi mumkin

  • 27 avgust, 03:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Ovedo" o‘z maydonida "Real Madrid"ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu o‘yin davomida mezbon jamoa muxlislari Vinisius Junior va Kilian Mbappega nisbatan haqoratli harakatlar sodir etdi.

Tecno

"Ko‘tarilgan shov-shuvdan kelib chiqib, shuni bildirib qo‘ymoqchimizki, klubimiz har qanday irqchilik ko‘rinishlariga qarshi. Biz bu holatni klubning xavfsizlik xizmati va politsiya bilan hamkorlikda tekshirmoqdamiz.

Agar ushbu voqeaga oid dalillarni topsak, tegishli jazo choralarini qo‘llaymiz. Chunki bunday holatga ko‘z yuma olmaymiz", – dedi "Real Ovedo" prezidenti Martin Pelaes.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!