
O‘tkirbek Haydarov shogirdi Janubiy Koreyada jang qiladi
3 iyul kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi. Mazkur boks oqshomi FW 1 promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda. Biz uchun ahamiyatli jihati, kechada mashhur bokschimiz O‘tkirbek Haydarovning shogirdi Dovruqbek Ibragimov ham ringga ko‘tariladi. U mezbonlar vakili Von Bin Joga qarshi jang qiladi. Ushbu qarama-qarshilik yarim o‘rta vazn 66.6 kgda toifasida 10 raunddan iborat bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Ibragimovning professional ko‘rsatkichi (3-1, 2 KO) bo‘lsa, Bin Jo (3-6,2 KO) rekordga ega.
Fikrlar