O‘tgan mavsumni APLda o‘tkazgan "Barsa" futbolchisi ortga qaytdi, biroq...
Portugaliyalik yarim himoyachi Fransishku Trinkan "Vulverxempton"dagi bir yillik ijaradan so‘ng yana "Barselona"ga qaytdi. Biroq kataloniyaliklar futbolchini jamoada olib qolish niyatida emas.
Trinkan “Barsa” safida muntazam o‘ynaganiga qaramay, o‘tgan mavsum boshida "Vulverxempton"ga ijaraga berib yuborilgan edi. Ijara muddati bir necha kun oldin tugadi va portugaliyalik yaqinda Kataloniyaga qaytdi. Biroq, klub allaqachon futbolchiga yangi ish izlamoqda, deb yozmoqda ispan nashrlari.
Futbolchiga davogarlardan biri Lissabonning “Sporting” jamoasi hisoblanadi. "Barselona" futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
Trinkan o‘tgan mavsum APLda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar