Otabek Shukurov davlat mukofoti bilan taqdirlandi

  • 1 iyul, 2021, 20:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 30 iyun — "Yoshlar kuni" munosabati bilan mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sport va yana ko‘plab sohalarda faollik ko‘rsatayotgan bir qator yoshlarni orden va medallar bilan taqdirlandi.

Tecno

Shu jumladan, davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Sharja" klubi futbolchisi Otabek Shukurov "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan mukofotlandi.

Shukurov Osiyo miqyosida yurtimiz sharafini munosib himoya qilish bilan birga, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani yoshlariga o‘rnak bo‘ladigan xayrli ishlarni amalga oshirmoqda. Bugun Otabek Shukurov 100dan ortiq yoshlar tahsil olishiga mo‘ljallangan o‘quv markazining ochilish marosimini o‘tkazdi. Ayni shu tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzaev milliy terma jamoamiz futbolchisiga mukofotni topshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdushukurov O
01/07/2021 22:17
Баракалла, Шукуров.
&
Ашуров Бахтийор
02/07/2021 05:31
Янада парвозинг баланд бўлсин.Ота-онангга раҳмат!!!
PROSTO TELE
01/07/2021 22:22
Нима курсатган каромати учун. Хаммаёкни расво килишдику. Бизда хамма нарса жуда кизикда. ЖЧ га чиколмай утириб куйганларга ва халкни сукиб каргиш олган икки йил олдин президент томонидан бу хоким порахур дейилиб, икки йилдан сунг бу мени энг ишонган одамим Шухрат Ганиевга ухшаган хокимларга мукофот ва такдирлашлар берилади. Лекин чиндан хам узини курсатаётганларга хаттоки пул мукофоти хам йук.
&
Иброхимов хабибилло
02/07/2021 14:03
Жонкуяр уйинчи омадини БЕРСИН