
Ot sporti. Toshkentdagi xalqaro turnir qizg‘in davom etmoqda
Shu kunlarda Toshkentda konkur bo‘yicha “FEI World Jumping Challenge” turniri o‘tkazilmoqda. Ortda qolgan kun sportchilar 115 va 120 sm balandlikdagi to‘siqlarsan sakrash bo‘yicha bahs olib borishdi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, quyidagi chavandozlar sovrinli o‘rinlardan joy olishdi:
115 sm:
Oltin - Giorgiya Ieromazzo (Dominikan Respublikasi, “Jangcy L” laqabli otda)
Kumush - Kristi Neyr (Singapur, “La-Luna”)
Bronza - Abdushukur Sobirjonov (O‘zbekiston, “Elis-G”)
120 sm:
Oltin - Giorgiya Ieromazzo (Dominikan Respublikasi, “Jangcy L”)
Kumush - Gabriel Flaven (Mavritaniya, “Arbat”)
Bronza - Viktoriya Greyvenshteyn (JAR, “Jodcasall A-Z”)
Fikrlar