
Ot sporti. Toshkentda “Jumping world challenge final” xalqaro turniri yakunlandi
Toshkentda konkur bo‘yicha “Jumping world challenge final” turniri o‘z yakuniga etdi. Bir necha kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda dunyoning 11 mamlakatidan tashrif buyurgan 20 nafardan ortiq mohir chavandoz g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, terma jamoamiz a’zolari ikkita dasturda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Kichik final dasturida Akbar Sharipov eng yaxshi natijani qayd etgan bo‘lsa, Mirzohid Musaev katta final yo‘nalishida bosh sovringa ega chiqdi.
Kichik final, 115 sm (to‘siq balandligi):
Oltin - Akbar Sharipov (O‘zbekiston, “La Blue Rouge” laqabli otda)
Kumush - Kristi Neyr (Singapur, “La Luna”)
Bronza - Divan Bosman (JAR, “Queen”)
Katta final, 120 sm:
Oltin - Mirzohid Musaev (O‘zbekiston, “Queen”)
Kumush - Gloriya Ieromazzo (Dominikan Respublikasi, “Jangcy L”)
Bronza - Viktoriya Greyvenshteyn (JAR, “Jodcasall A-Z”)
Fikrlar