Oston O‘runovning sobiq murabbiyi Italiya klubini boshqarishi mumkin

  • 29 iyun, 2021, 17:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Spartak» klubi sobiq bosh murabbiyi Domeniko Tedesko Italiya chempionatida ishlashi mumkin. Bu haqda Il Secolo XIX nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, Tedesko A Seriya vakili «Spetsiya» klubini boshqarishi mumkin. Italiya klubi Oston O‘runovning sobiq ustozini murabbiylikka asosiy da’vogar sifatida qaramoqda.

Shuningdek, «Torino» sobiq bosh murabbiyi Marko Jampaolo birinchi raqamli nomzod sifatida ko‘rilgandi, lekin u taklifni rad etgan. Ayni paytda Tedesko "Spetsiya" short-listidan o‘rin olgan.

Tedesko «Spartak»ni 2019 yil oktyabrda bosh murabbiylikka tayinlangandi. 35 yoshlik mutaxassis Rossiya chempionati yakunlangan mavsumida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va EChLga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!