Oston O‘runovni "Benfika"ning sobiq ustozi shug‘ullantiradi

  • 26 may, 2021, 02:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning  "Spartak" klubiga portugaliyalik mutaxassis Ruy Vitoriyani bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 51 yoshli murabbiy Rossiya grandi bilan 2023 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekgan.

Ruy Vitoriya murabbiylik faoliyati davomida "Vilafrankenze", "Fatima", "Pasush de Ferreyra", "Vitoriya", "Benfika" va "Al-Nasr" klublarini boshqargan. Ikki karra Portugaliya chempioni va bir karra Saudiya Arabistoni chempioni hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Oston O‘runov ham “Spartak” futbolchisi hisoblanadi. Oston yakunlangan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida “Ufa” safida o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!