
Oston O‘runov sobiq klubiga qaytmoqda
"Spartak"ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O‘runov jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi. Bu haqda Rossiya OAV xabar tarqatmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, 20 yoshli futbolchi ijara asosida "Ufa"ga yo‘l oladi. Tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi. O‘tgan mavsum boshida O‘runov aynan "Ufa"dan Moskva klubiga o‘tgan. Keyinchalik "Spartak" uni boshqirdistonliklarga ijaraga bergandi.
Eslatib o‘tamiz, moskvaliklar Ostonni yangi mavsum uchun qaydnomaga kiritmagandi.
Fikrlar