
Oston O‘runov "Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi qo‘l ostida to‘p surishi mumkin (FOTO)
Rossiyalik jurnalist Aleksey Andronov "Spartak"ning yangi bosh murabbiyiga qaysi mutaxassis nomzodi ilgari surilayotganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, moskvaliklar rahbariyati “Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Kike Seten nomzodini klub prezidenti Leonid Fedunga bergan.
Seten 2020 yilning yanvar oyidan avgust oyiga qadar “Barselona”ni boshqargan.
"Spartak"ning amaldagi ustozi Tedeskoning shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi va u ushbu kelishuvni uzaytirishni xohlamayapti. Shu sababli, "Spartak" rahbariyati uning o‘rniga boshqa murabbiy olib kelishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar