O‘smirlar terma jamoamiz yig‘inga kirishdi

  • 5 aprel, 16:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
BEPUL PROPAN

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi navbatdagi xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi.

Ushbu yig‘in 12-13 aprel kunlari Gruziya poytaxi Tbilisi shahri mezbonlik qiladigan kadetlar o‘rtasidagi "Europem Cup 2025" turniriga tayyorgarlik vazifasini o‘tab bermoqda. 

Musobaqada 15 davlat dzyudo terma jamoalari o‘z ishtirokini tasdiqlagan. O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi ham to‘liq tarkibda Tbilisiga yo‘l oladi. Denovdagi mashg‘ulot yig‘ini 9 aprelga qadar davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!