Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

  • 2 dekabr, 2019, 23:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Osiyo futbol konfederatsiyasi yakuniga etib borayotgan 2019 yilda qit’aning eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra Qatar terma jamoasi hamda “Al Sadd” klubi forvardi Akram Afif Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ta’kidlash kerakki, Afif joriy yil Qatar terma jamoasi bilan birga BAA da bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida zafar quchgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu nomga Afifdan tashqari shuningdek Eron terma jamoasi forvardi Sardor Azmun (“Zenit”), Yaponiya terma jamoasi xavbeki Makoto Xasebe (“Ayntraxt”) hamda Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Xin Min (“Tottenxem”) kabi futbolchilar ham da’vogarlik qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!