Osiyoda yana bir chempionat tiklanadi

  • 16 iyun, 2020, 13:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus pandemiyasi tufayli mart oyi o‘rtalarida to‘xtatib qo‘yilgan Avstraliya chempionati 16 iyulda tiklanadi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Avstraliya professional futbol klublari assotsiatsiyasi hamda mamlakat professional futbolchilar tashkiloti joriy mavsumni 31 avgustgacha uzaytirishga kelishib olgan.

Chempionat o‘yinlari muxlislar bilan davom ettirilishi mumkin, ammo klublarga stadion sig‘imining ma’lum bir foizi miqdorida ishqibozlarni kiritishga ruxsat beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!