Osiyo Kubogi U-23. OFK rasmiy sayti terma jamoamiz futbolchisi yulduz bo‘lishiga ishonmoqda! (Foto)

  • 1 iyun, 2022, 16:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun start oladigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi oldidan OFK rasmiy sayti musobaqa yulduzi bo‘lishi kutilayotgan futbolchilarni ma’lum qildi. 

Tecno

Unga ko‘ra, olimpiyachilarimiz safidagi Husain Norchaev qahramonlik ko‘rsatishga qodir, deb ko‘rsatilgan Osiyo futbol konfederatsiyasining rasmiy sahifasida. 

Uning "Nasaf" bilan OFK kubogida 7 o‘yinda 7 gol urgani alohida eslab o‘tilgan. Qayd etish lozim, uning gollari "ajdarlar"ning OChL pley-offiga chiqishida katta hissa qo‘shdi. 

Shuningdek, Husain bilar bir qatorda Li Kang-In (Koreya Respublikasi), Turki al-Ammar (Saudiya Arabistoni), Kuryu Matsuki (Yaponiya), Sufanat Mueanta (Tailand), Yasin Salmoni (Eron), Nguyen Txan Bin (Vetnam) va Kardo Siddiq (Iroq) kabi futbolchilar ushbu ro‘yxatdan joy olgan.  

norchaevv

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!