
Osiyo kubogi U-17. O‘zbekiston bilan durang o‘ynagan Yaponiya Vetnamni tor-mor keltirdi
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Vetnam - Yaponiya bahsi yakunlandi. Unda yaponiyaliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Kunchiqar yurt vakillari" tarkibida gollarga Michivaki, Koxei (dubl) va Sato mualliflik qildi. Vetnamliklar gol urishga muvaffaq bo‘lmadi.
Shu tariqa, Yaponiyaning ochkolari soni 4 taga etdi. Vetnam esa 1 ochkoga ega.
Fikrlar