Osiyo kubogi. Guruhimizdagi parallel kechgan o‘yinda Suriya Hindistondan ustun keldi

  • 23 yanvar, 2024, 18:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogi 3-turi doirasida Suriya va Hindiston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda nominal mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

Yagona golga 76-daqiqada Omar Harbin mualliflik qildi. Uning bu goli jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. 

Shu tariqa, Suriya guruhda 4 ochko to‘plab, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shunga qaramay, ular katta ehtimol pley-offda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi. Birorta ochko to‘play olmagan Hindiston esa so‘nggi 4-o‘rin bilan guruhda qolib ketdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!