Osiyo chempionatida 10 ta medalga sazovor bo‘lgan para velosportchilarimiz yurtimizga qaytdi

  • 26 mart, 2022, 17:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
BEPUL PROPAN

Para velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 25 mart kuni qo‘shni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

6 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza, jami 10 ta medalga sazovor bo‘lgan terma jamoamiz a’zolari bugun yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi vakillari, ota-onalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan munosib kutib olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!